Yuqorida qayd etilgan elektron hamkorlikning yo‘lga qo‘yilishi  Respublika fuqarolariga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (Yagona portal) - my.gov.uz orqali pensiya bilan ta'minlanishiga doir yangi (100 foiz avtomatlashtirilgan) tranzaksion xizmatlardan foydalanish imkonini beradi.

LBMA matbuot xizmatidan xabar berilishicha, quyidagi xizmatlar yo‘lga qo‘yilmoqda:

- bola tug‘ilganda yoki dafn etish marosimi uchun nafaqalar belgilanishi uchun elektron ariza berish. Bunda arizachiga belgilangan nafaqani olish uchun o‘ziga qulay bo‘lgan Xalq banki bo‘limini tanlash imkoniyati beriladi. Xizmat natijasida pensiya tayinlangan sana va uning miqdori to‘g‘risidagi ma'lumotlarni olish mumkin;

- pensiya to‘g‘risida ma'lumot olish. Xizmat natijasida pensiya miqdori, tayinlangan sanasi, to‘lov davri, ish staji, o‘rtacha oylik ish haqi, pensiya turi (nafaqa), qayd qilingan va qayd qilinmagan ish davri, tanlangan muddat uchun to‘lovlar miqdori to‘g‘risida ma'lumotlarni olish mumkin;

Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi barcha sohalarda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish orqali aholi hamda tadbirkorlarning davlat organlari bilan o‘zaro aloqasini butunlay yengillashtirish va shaffofligini ta'minlashga xizmat qiladi.