Xo‘jayevning ««Tahlilnoma»» dasturiga bergan intervyusida ta'kidlashicha, mamlakatda yaqin 10 yil ichida taxminan 25ta quyosh stansiyasini qurish mo‘ljallanmoqda.

Uning ma'lumotlariga ko‘ra, Navoiy viloyatida 100 MVt quvvatga ega birinchi quyosh elektr stansiyasi foydalanishga topshiriladi. Uning qayd etishicha, elektr stansiyaning qurilish ishlari shu yil boshlanadi. Kutilishicha, stansiya ikki yil ichida ishga tushiriladi.

Sherzod Xo‘jayevning bildirishicha, investorlar mazkur elektr stansiyani qurish bo‘yicha tenderda ishtirok etish uchun 23ta ariza topshirgan.