O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada avtomashina haydovchisi va uning yo‘lovchisi 37 yoshli G‘.B. jarohat olib, kasalxonaga keltirilganida yo‘lovchi vafot etgan. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.  

“Hurmatli haydovchilar, agar boshqaruvingizdagi avtomashinaga gaz balonlari o‘rnatilgan bo‘lsa, ularning texnik soz holda ekanligiga muntazam e'tibor qarating. Chunki, bu siz va yaqinlaringiz bilan yuz berishi mumkin bo‘lgan baxsiz hodisalar oldi olinishining kafolatidir”, - deyiladi IIV xabarda.