Qisqartirishlar ma'muriy lavozimlarga taalluqli bo‘ladi. Kompaniyaga elektrokarlarni ishlab chiqish uchun mablag‘ zarur, shu sababli u bosh ofisdan boshlab fabrikalargacha ishchi jarayonni optimallashtiradi. Shuningdek, kompaniya ofisdagi jarayonlarni avtomatlashtirish va axborot texnologiyalari sotib olishga 4,6 mlrd yevro ajratadi.  

Qisqartirishlar Volkswagen’ning Germaniyadagi xodimlarining 6 foizini va butun dunyo bo‘ylab 1 foizini tashkil qiladi.  Shu bilan bir vaqtda kompaniya elektromobillar yaratishga ixtisoslashgan 2 ming nafar dasturchi va muhandisni ishga oladi. 

2018 yilda kompaniyaning tadqiqotlar va ishlab chiqishga xarajatlari 13,6 mlrd yevrogacha yetgan. Kompaniya o‘z avtomobillarini 2023 yilgacha elektrlashtirishga xarajatlarni 30 mlrd yevrogacha baholamoqda.