OAV ma'lumotlariga ko‘ra, jarohatlanganlardan 5 nafarining ahvoli og‘ir deya baholangan.     

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, voqea parom Niigata portidan Sado oroli tomon yo‘l olayotganda yuz bergan. Bortida 121 yo‘lovchi va ekipajning 4 a'zosi bo‘lgan parom dengizda kit bilan to‘qnashib ketgan. Oqibatda paromning dum qismida 15 santimetrlik yoriq paydo bo‘lgan. Shuningdek, paromning suv osti qanotlariga ham shikast yetgan.