Ma'lum qilinishicha, maxsus kuchlarning harbiy-havo kuchlari ko‘magida amalga oshirilgan operatsiyalari Logar, Vardaq, Gilmand, Uruzg‘on va Paktika viloyatlarida o‘tkazilgan. Natijada “Tolibon”ning radiominorasi ham yo‘q qilingan. 

Bartaraf etilgan jangarilar orasida toliblarning dala qo‘mondoni Ubayd ham bo‘lgan. U Vardaq viloyatidagi aviazarba natijasida o‘ldirilgan. Ta'kidlanishicha, jangari “davlat xizmatchilarini o‘ldirishda ko‘mak berish, ushbu qotilliklarni tashkillashtirish va amalga oshirish uchun javobgar” hisoblanadi.