«Viloyat aholisining 54 foizi markazlashgan ichimlik suvi bilan ta'minlangan bo‘lib, qolgan 46 foizi tashima yo‘li orqali ta'minlanib kelinmoqda.

Aholini ichimlik suvi bilan ta'minlash bizning asosiy muammolarimizdan biri», — deydi Ro‘ziyev.

Viloyat hokimining ta'kidlashicha,  bu borada Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 28-30 yanvar kunlari viloyatga tashrifi davomida tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berilgan edi​.

«Mazkur muammoni hal etish maqsadida 2018 yilda 45,8 mlrd. so‘m mablag‘ jalb etilib, 46,4 km. suv tarmoqlari yangidan qurildi, 78,5 km. suv tarmog‘i rekonstruksiya qilindi», — deb qo‘shimcha qilgan hokim. 

​Ro‘ziyevning aytishicha, 2018 yilda sektorlar rahbarlari boshchilik qiladigan ishchi guruhlar 608 339ta xonadonga kirib, aholining 16 887ta muammosini aniqlagan.

 ​Ta'kidlanishicha, aniqlangan muammolarning asosiy qismini ishga joylashtirish, tabiiy gaz, ichimlik suvi, elektr energiyasi ta'minoti va sog‘liqni saqlash sohasidagi masalalar tashkil etgan.​