Mazkur farmon asosida mart oyida ham ko‘chirilgan dam olish kuni mavjud, deb yozadi Xushnudbek Xudoyberdiyev.

Eng avvalo haftadagi ish kunlari soni dam olish kunlariga ta'sir qilishini unutmaslik kerak. Ya'ni 5 kunlik ish haftasidagi xodimlar mart oyida 13 kun dam olishadi, haftasiga 6 kun ishlaydigan xodimlar esa martda 8 kun dam olishadi.

Masalan, 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami haftaning juma kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli, 5 kunlik ish haftasida ishlovchi xodimlar ketma-ket 3 kun dam olishadi.

Endi Navro‘z bayrami arafasidagi dam olish kunlariga kelsak.

Haftasiga 5 kun ishlovchi xodimlarga quyidagi kunlar (4 kun ketma-ket) dam olish kuni hisoblanadi:

21 mart – payshanba (Navro‘z bayrami);

22 mart – juma (qo‘shimcha dam olish kuni);

23 mart – shanba;

24 mart – yakshanba.

Haftasiga 6 kun ishlovchi xodimlarga quyidagi kunlar dam olish kuni hisoblanadi:

21 mart – payshanba (Navro‘z bayrami);

22 mart – juma (qo‘shimcha dam olish kuni);

24 mart – yakshanba.

Izoh: haftasiga 6 kun ishlovchi xodimlar 23 mart (shanba) kuni ishga chiqishlari lozim.