Qayd etish kerak, jadval yetakchisi uchta turdan buyon durang qayd etmoqda. Bunga qadar «Ayntraxt» (1:1) va «Hoffenhaym» (3:3) bilan bahslarda ham g‘olib aniqlanmagandi. Natijada 22-turdan keyin «Dortmund» va «Bavariya» o‘rtasidagi farq 3 ochkoga qisqardi.
«Borussiya D» keyingi turni o‘z maydonida, 24 fevral kuni «Bayyer»ga qarshi o‘tkazadi. Leverkuzenliklar oxirgi to‘rtta uchrashuvni faqat g‘alaba bilan yakunlashmoqda.
Germaniya chempionati
22-tur, 18 fevral
Nyurnberg – Borussiya D 0:0
Nyurnberg – Mateniya, Valentini, Myul, Everton, Lyaybold, Petrak, Kubo (Palasios-Martines, 85), Leven (Bauer, 77), Berens, Mateus Pereyra, Zrelyak (Isxak, 66).
Borussiya D – Byurki, Volf, Vaygl, Zagadu, Diallo, Dileyni (Bruun Larsen, 80), Vitsel, Sancho, Filipp (Pako Alkaser, 63), Gerreyru, Getse.
Ogohlantirishlar: Mateniya (88), Vitsel (89).


Mavzubop











