Yuz bergan hodisa mudhish tugashi mumkin edi, biroq besh soat davom etgan jarrohlik amaliyoti ayolni hayotga qaytardi - ona ham, homila ham saqlab qolingan. Ayol shu kunlarda farzandini dunyoga keltirishi kutilmoqda.
Bundan avval O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasi o‘z tashabbusi bilan qayinukasi tomonidan 16 marta pichoq sanchilgan homilador ayolning sud jarayonida jamoatchi himoyachi sifatida ishtirok etayotgani haqida avval xabar berilgan edi.










