Toshkent shahridagi Inha universiteti ma'muriyatining Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, OTM bu yil “Ochiq eshiklar kuni”ni 2019 yilning 16 fevralida o‘tkazadi.
“Ochiq eshiklar kuni” Toshkent shahri, Ziyolilar ko‘chasi, 9 manzili bo‘yicha joylashgan Inha universiteti binosida soat 10.00da boshlanadi. Kun davomida tashrif buyuruvchilar universitet, hamda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishi mumkin bo‘ladi.
Toshkent shahridagi Inha universiteti vakillari abituriyentlar, hamda ota-onalarni qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob qaytaradi.










