Nashrdan bildirishlaricha, Fyodorov ham «rossiyalik josus» sanaladi, uning ismi esa o‘ylab topilgan. Qayd etilishicha, Fyodorov Moskvaga Petrov va Boshirov o‘tirgan reysda uchib ketishi kerak bo‘lgan, lekin samolyot parvoz qilishidan oldin yuki bilan reysdan tushib qolgan.
Nashr manbalarining aytishicha, bu Fyodorovning Britaniyada qolganidan darak berishi mumkin. Gazetaning qayd etishicha, «rossiyalik josus» nima uchun bunday qarorga kelgani aniq emas.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq MI6 GRU Skripallar ishidagi «yolg‘on iz»ga aloqadorligini fosh etgandi.












