“Xalqaro futbol federatsiyasi prezidenti, Shveytsariya Konfederatsiyasi va Italiya Respublikasi fuqarosi Infantino Jovanni Vinchenso 2018 yilgi jahon chempionatiga tayyorgarlik va uni o‘tkazishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlansin“, deyilgan prezident farmonida.
JCh-2018 Rossiyaning 11 shahrida 14 iyundan 15 iyulgacha bo‘lib o‘tgan. Rosturizm ma'lumotlariga ko‘ra, chempionat davomida Rossiyaga 2,9 mln sayyoh tashrif buyurgan. Infantino ushbu jahon chempionatini “tarixdagi eng yaxshisi” deb atagandi.











