“O‘zbekiston Respublikasi uchun Germaniya Federativ Respublikasi ulkan siyosiy, iqtisodiy va ilmiy-intellektual salohiyatga ega bo‘lgan ishonchli hamda uzoq muddatli sherikdir”.
Shavkat Mirziyoyev

2019 yilning 14 yanvar kuni SES tashkilotining O‘zbekiston bo‘yicha koordinatori Cordula Shmygun’ning institutga tashrifi chog‘ida ta'lim sifatini oshirishda tashkilotning vazifalari va istiqbolli rejalari hamda institutga kiritayotgan investitsiyalarning samaradorligi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.

Germaniyaning SES tashkiloti homiyligi asosida institutning mutaxassislik kafedralariga yuqori malakali ekspertlarni jalb qilish rejalangan bo‘lib, qisqa davr ichida “Avtomobil yo‘llarini qurish va ekspluatatsiya qilish”, “Yo‘l qurilish mashinalari va jihozlari” hamda “Avtomobil transporti ekspluatatsiyasi” kafedralariga Germaniya davlatidan ekspertlar jalb qilindi.

Institutga tashrif buyurgan tashkilotning yetakchi ekspertlari Erwin Fleischer va Ralph Urban mutaxassisliklari bo‘yicha amaliy va labaratoriya mashg‘ulotlarini olib borish bilan birgalikda soha mutaxassislari bilan seminar treninglar o‘tkazishda, ishlab chiqarish korxonalarida mavjud muammolarni bartaraf etishda Germaniya tajribasi bo‘yicha takliflari bilan faol qatnashmoqdalar. Bu esa institutning ilmiy salohiyatini va kadrlar malakasini oshirishda, talabalar bilimini mustahkamlashda hamda ishlab chiqarishni ta'lim bilan integratsiyasi jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi.
Reklama huquqi asosida










