Ular unga qo‘llari bilan jarohat yetkazgan hamda A.Sh.ning qizi va turmush o‘rtog‘ini qo‘rqitib, milliy hamda xorijiy valutadagi pullarini olib, voqea joyidan yashiringanlar.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Chiroqchi tumani Suvlik qishlog‘ida yashovchi va vaqtincha Yakkabog‘ tumani Yakkabog‘ qo‘rg‘onida yashovchi shaxslar sodir etganliklari aniqlanib, qo‘lga olindi.
Holat yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda, deyiladi xabarda.











