Uning ta'kidlashicha, bunday bayonotlarni eshitmagan. Peskovning qo‘shimcha qilishicha, Moskva «diplomatik o‘yinda» odamlardan piyoda sifatida foydalanmaydi.

«Rossiyada josuslik faoliyatida shubha qilingan shaxslarga nisbatan aksilrazvedka faoliyati olib borilmoqda, bu - ha, muntazam ravishda amalga oshirilyapti», - dedi Peskov.

Shuningdek, Kreml vakilining qayd etishicha, Pol Uilan nega qo‘lga olingani bo‘yicha sabablarni aniq bilmaydi.

«Ehtimol, sabablar bo‘yicha ham hech narsa ayta olmayman, bizning maxsus xizmatlar bayonot berdi, u yerda sabablar batafsil aytilgan, shuningdek, Tashqi ishlar vazirligining bayonoti ham chiqdi», - deya xulosa qiladi Peskov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Moskvada josuslikda gumonlanib qo‘lga olingan amerikalik Pol Uilan Birlashgan Qirollik fuqarosi ekanligi ma'lum bo‘lgandi.