Hujjat bilan elektr tarmog‘i xo‘jaligi obektlarini muhofaza qilish qoidalari tasdiqlandi.
Muhofaza zonalarida quyidagi harakatlarni sodir etish taqiqlandi:
- elektr uzatish simlariga va tayanchlariga begona predmetlarni tashlash, elektr uzatish havo liniyalari tayanchlariga ko‘tarilish;
- elektr tarmog‘i xo‘jaligi obektlariga yurib o‘tish va transportda o‘tish joylariga obektlarni, predmetlarni joylashtirish;
- taqsimlash qurilmalari va podstansiyalarning to‘silgan hududida bo‘lish, taqsimlash qurilmalari va podstansiyalarning eshiklari va lyuklarini ochish, o‘chirib-yoqishlarni va elektr tarmoqlarga ulash;
- bolalar va sport maydonchalarini, stadionlarni, bozorlarni, savdo shoxobchalarini, dala shiyponlarini, mollar uchun qo‘ralarni, har qanday turdagi mashina va mexanizmlar uchun garajlar va turar joylarni joylashtirish;
- axlatxonalarni joylashtirish;
- zarba beruvchi mexanizmlar bilan ishlarni amalga oshirish, massasi 5 tonnadan ortiq og‘irliklarni tashlash.
- Ixtiyorida elektr tarmog‘i xo‘jaligi obektlari bo‘lgan korxonaning yozma roziligisiz elektr tarmog‘i xo‘jaligi obektlarining muhofaza zonalari doirasida yuridik va jismoniy shaxslar uchun quyidagilar taqiqlandi:
- har qanday bino va inshootlarni qurish, mukammal ta'mirlash, rekonstruksiya qilish yoki buzish;
- har qanday turdagi kon, portlatish, melioratsiya, shu jumladan yerga vaqtinchalik suv bostirish bilan bog‘lik ishlarni amalga oshirish;
- daraxtlar hamda butalarni ekish va kesish;
- suv havzasi tubini chuqurlashtirish, tuproqni kavlab olish va ortish-tushirish ishlari, baliq va boshqa suv jonivorlarini suv osti changaklari bilan tutish, suv o‘simliklarini chiqarib olish;
- umumiy balandligi yo‘lning sathidan 4,5 metrdan ortiq bo‘lgan mashina va mexanizmlarning o‘tishi;
- 0,3 metrdan ortiq chuqurlikda, shudgorlanadigan yerlarda esa 0,45 metrdan ortiq chuqurlikda qazish ishlarini amalga oshirish, shuningdek tuproqni tekislash;
- agar suv oqimi balandligi 3 metrdan ortiq bo‘lishi mumkin bo‘lsa - qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sug‘orish.











