“Kompaniya joriy faoliyati bilan bir qatorda davlat xizmatlari operatoriga aylanib, hukumat mobil aloqasi va kriptografik himoyalangan ilk milliy UzChat messenjerini joriy qilmoqda”, deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Xabarda aytilishicha, UMS platformasida Loyiha boshqaruvi yagona milliy axborot tizimi, davlat sektori uchun blokcheyn yechimlar, aholi uchun raqamlashtirilgan davlat xizmatlari yaratilmoqda.
“Bunday shart-sharoitlarda kompaniya rebrendingi yangi o‘zgarishlarni ifoda etishi, kompaniya qadriyatlarini g‘oyaviy jihatdan va mazmunan o‘z ichiga olgan bo‘lishi kerak. Buni inobatga olgan holda UMS mobil operatorining savdo belgisini Mobiuz deb nomlashga qaror qilindi. Rebrending ishlari dekabr oyida, kompaniya nomini tanlash, brend ranglarini va boshqa belgilarni yaratishdan boshlandi. Rebrending bosqichma-bosqich amalga oshiriladi”, deyiladi xabarda.











