Hakuna Matata iborasi suaxili tilidan tarjima qilinganda "muammo yo‘q" degan ma'noni bildiradi. Bu ibora Tanzaniya, Keniya, Uganda, Ruanda, Burundi, Mozambike va Kongoda ishlatiladi. Disney kompaniyasining "Qirol sher" multfilmida aytilgan shu nomdagi qo‘shiq orqali ibora butun dunyodagilarga tanish bo‘lib ketgan.

Petitsiya mualliflarining fikricha, korporatsiya yoki xususiy shaxslar o‘zlari ixtiro qilmagan til, atama yoki iboralarni savdo belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish huquqiga ega emas. Ular shuningdek, bu holatni haqoratli deb baholashmoqda va kompaniyadan mazkur savdo belgisidan voz kechishni talab qilishmoqda.

New York Times gazetasining yozishicha, Disney Hakuna Matata savdo belgisini 1994 yilda ro‘yxatdan o‘tkazgan.