Bunday do‘konlarning umumiy maydoni 185 kv.m ga yaqin joyni tashkil qiladi, lekin mini formatda 41 kv.mga yaqin joyni egallaydi. Ilk kichik Amazon Go o‘z ishini Amazon’ning Sietldagi ofisida boshladi. Kompaniyada bu kabi do‘konlarni shifoxonalar va ofislarning vestibyullarida yoki “qorni och va shoshayotgan odamlar” ko‘p bo‘lgan joylarda ochish rejalashtirilmoqda.         

Kichkina hajmiga qaramay, mini-do‘konlar ham odatdagi Amazon Go do‘konlari kabi avtomatlashtirilgan sxema bo‘yicha ishlaydi. Kompaniyada bunday savdo nuqtalari modulli deb atalib, ularni yig‘ishga bir necha hafta ketishi ta'kidlab o‘tilgan.