4 dekabr holatiga O‘zbekiston banklaridagi oltin va kumush tangalar qoldig‘i mos ravishda 877 va 3922 donani tashkil etmoqda.
Sotuvga jami 1900 dona oltin hamda 6900 dona kumush esdalik tangalari qo‘yilgandi.

Sotuvga 1994-2009 yillarda zarb etilgan, 2 xil oltin hamda 14 xil kumush esdalik tangalari qo‘yilgan bo‘lib, ularning asillik darajasi 999,9 hamda og‘irligi 31,1 grammdan iborat. Esdalik tangasining og‘irligi, ishlab chiqarish xususiyatlaridan kelib chiqib, ko‘rsatilgan parametrlardan 0,01 grammga farq qilishi mumkin.

Esdalik tangalarni sotib olish mumkin bo‘lgan tijorat banklari ro‘yxati Markaziy bank saytida keltirilgan.










