«O‘zbekkonsert» davlat muassasasi direktori Odiljon Abduqahhorovning Kun.uz'ga ma'lum qilishicha, bayram konsertida ilk marotaba kuy-qo‘shiqlarning barchasi jonli ijro etiladi, ya'ni tantanada fonogrammadan foydalanilmaydi.

Shuningdek, kechada chiqish qiluvchi xonandalar tarkibi yetmish foizga yangilangan bo‘lib, bunda tashkilotchilar yangi iste'dod egalarining ishtiroki ta'minlanishiga alohida e'tibor qaratishmoqda. Stsenariydan uch yo‘nalishdagi: an'anaviy va akademik ijro san'ati namunalari hamda estrada vakillarining jonli chiqishlari o‘rin olgan.