«Bu jinoyat Muhammad bin Salmonning ko‘rsatmasiga ko‘ra tashkillashtirilgan va rejalashtirilgan, degan xulosaga kelmaslik uchun odam ataylab o‘zini ko‘r qilib ko‘rsatishi kerak. U avvalboshdan Qoshiqchining o‘limiga aloqador bo‘lgan», - dedi Korker jurnalistlarga. Uning qo‘shimcha qilishicha, MRB hisobotiga ko‘ra, jurnalistni o‘ldirishda ishtirok etgan jamoa uning jasadini bo‘laklab tashlashda yordam ko‘rsatish uchun sud ekspertini taklif qilgan.

Robert Korker
Foto: AP

Tennessi shtatidan senator Korker va Shimoliy Karolinadan senator Lindsi Grexam Muhammad bin Salmonga qarshi sanksiyalar to‘g‘risidagi qonun loyihasini taqdim etish niyatida. «Agar u sudya oldida javob berganida, 30 daqiqa ichida hukm chiqarilgan bo‘lardi», - deya ta'kidlab o‘tdi Korker. Qayd etilishicha, podshohlikka nisbatan javob choralari AQShning Yamandagi harbiy harakatlarda ishtirokini cheklashni ham o‘z ichiga olishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq BMT bosh kotibi va Saudiya Arabistoni shahzodasi Qoshiqchi ishini muhokama qilgandi.