Bosh sovrinni «Real» bilan qatorasiga uchinchi marta Chempionlar Ligasi g‘olibi bo‘lgan Zinedin Zidan qo‘lga kiritdi. Mavsum oxirida klubni tark etgan fransiyalik mutaxassis so‘rovnomada 296 ovoz to‘pladi.
Ikkinchi o‘rinni «Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp (109 ovoz), uchinchi o‘rinni «Manchester Siti» ustozi Xosep Gvardiola (105 ovoz) egalladi.
So‘rovnomada 90ta mamlakatdan ekspertlar qatnashdi.











