Radiostansiya ma'lumotiga ko‘ra, shanba kuni kechqurun orolning g‘arbiy qismidagi Meyson ko‘rfazi janubiy qismidagi qirg‘oqqa ikkita delfinlar to‘dasi o‘zini chiqarib tashlagan. Ular topilgan vaqtga kelib, delfinlar yarmi halok bo‘lgan. Delfinlarning qolganlarini maxsus vosita yordamida o‘ldirishga majbur bo‘lishdi.
«Afsuski, qolgan delfinlarni yana suvga tushirish ehtimoli juda kam edi. Shunga qaramay, bunday qarorni qabul qilish har doim qiyin bo‘lgan», - deya ma'lum qildi Leppens.
Yangi Zelandiya ko‘pincha kitlar va delfinlar o‘zini qirg‘oqqa otadigan joyga aylangan. Hozirgacha olimlar hayvonlarning bunday ommaviy o‘z joniga qasd qilishiga sabab nima ekani borasida aniq javob topa olishmadi. Odatda, agar bitta delfin o‘zini qirg‘oqqa otsa, to‘dadagi boshqalar unga yordam berishga harakat qilishadi va oxir-oqibat ular ham halok bo‘ladilar.











