Halokat Uttarakxand shtatida yuz bergan. Avtobus haydovchisi tog‘ yo‘lining qiyin qismida boshqaruvni qo‘ldan chiqargan. Oqibatda mashina chuqurligi 150 metrga yaqin bo‘lgan daraga tushib ketgan.
Ayni vaqtda qutqaruvchilar mahalliy aholi yordamida halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar evakuatsiyasini o‘tkazishmoqda.











