Ma'lum qilinishicha, 5 oyga yaqin davom etgan tergov davomida huquq-tartibot idoralari 7 ta noqonuniy yer osti turmasini aniqlashgan. Taxmin qilinishicha, gumonlanuvchilar bu turmalardan qiynoqlar o‘tkazishda foydalangan.    

Ta'kidlanishicha, Efiopiyaning Metals and Engineering Corporation (METEC) davlat kompaniyasi xodimlari ham hibsga olingan. Ular korrupsiyaga aloqadorlikda gumonlanmoqda. “METEC 6 yil ichida biror-bir tendersiz 2 mlrd dollarlik xaridlarni amalga oshirgan”, deb ma'lum qilgan Tsegayye.

Uning ta'kidlashicha, hibsga olinganlarning umumiy soni 63 nafarni tashkil qiladi.