Xabar qilinishicha, kemani ta'mirlash va modernizatsiya qilish ishlarini tegishli tenderda g‘olib chiqqan Azov kemasozlik zavodi amalga oshirdi. Shundan so‘ng, mutaxassislar qisqa muddat ichida kemani tekshiruvdan o‘tkazishdi va alohida tizimlar hamda mexanizmlarni ta'mirlashdi, korpusni bo‘yashdi va yoqilg‘i hamda ballast sisternalarga xizmat ko‘rsatishdi.
Tegishli ishlar tugallangandan so‘ng, kema suvga tushirildi va sinovlardan o‘tkazildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Azov dengizida Ukraina va NATO mashqlariga rozilik bermasligi xabar qilingandi.
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaning Azov dengizida NATO mashqlarini o‘tkazish bo‘yicha rejalari amalga oshishi dargumon.











