Mos ravishda 1000 aholiga nisbatan o‘lim koeffitsiyenti 4,6 promilleni tashkil etdi, 2017 yilning mos davriga nisbatan 0,2 promillega kamaydi (2017 yilning yanvar-sentabr oylarida 4,8 promille bo‘lgan).
2018 yilning yanvar-sentabr oylarida qayd etilgan vafot etganlarning 60,7%i - qon aylanish tizimi kasalliklaridan, 9,5%i - o‘simtalardan, 6,3%i - baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 5,5%i - ovqat hazm qilish a'zolari kasalliklaridan, 4,1%i - nafas olish a'zolari kasalliklaridan, 1,5%i - yuqumli va parazitar kasalliklardan hamda 12,4%i - boshqa kasalliklardan vafot etgan.
Ro‘yxatga olingan 1 yoshgacha vafot etgan bolalar soni 5,6 ming nafarni tashkil etib, ularning 60,8%i - perinatal davrda yuzaga keladigan holatlardan, 16,6%i - nafas olish a'zolari kasalliklaridan, 11,7%i - tug‘ma anomaliyalardan, 2,2%i - baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 2,2%i - yuqumli va parazitar kasalliklardan, 0,8%i - ovqat hazm qilish a'zolari kasalliklaridan va 5,7%i - boshqa kasalliklardan vafot etgan.











