Ta'kidlanishicha, Fransiya hukumati to‘siq o‘latdan himoya qilishiga umid qilmoqda.
Ma'lum qilinishicha, sentabrda Belgiyaning Lyuksemburg va Fransiya bilan chegaradagi Lyuksemburg viloyati janubida Afrika cho‘chqa o‘latidan o‘lgan 5 ta to‘ng‘iz aniqlangan. Keyinroq u yerda yana 40 ga yaqin o‘lik to‘ng‘iz topilgan, ulardan 28 tasida o‘lat virusi borligi aniqlangan.
Bundan avvalroq Daniya Afrika cho‘chqa o‘lati tarqalishi oldini olish uchun Germaniya bilan 68 kilometrlik to‘siq qurishni ma'qullagan.











