Buyuk Britaniyaning fikricha, WADA tizimini 2017 yil avgust oyida buzib kirish Bosh razvedka boshqarmasi (GRU) tomonidan tashkil etilgan. Shuningdek, GRU AQSh Demokratik partiyasi va Britaniya televizion tarmog‘iga kiberhujumlarda ham ishtirok etgan bo‘lishi mumkin.

Bu haqda Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Jyeremi Xant ma'lum qildi. U GRUni amalga oshirgan harakatlari uchun qoraladi.

«GRUning harakati tushunarsiz va ahmoqonadir. Bizning xabarimiz aniq: biz ittifoqchilarimiz bilan birgalikda GRUning barqarorlikka putur yetkazish bo‘yicha urinishlariga ta'sir ko‘rsatamiz», - deya vazirning so‘zlarini keltiradi «Bi-bi-si».

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Niderlandiya GRUning kiberhujumi oldi olinganini ma'lum qilgandi. Mamlakatdan 4 rossiyalik chiqarib yuborilgan.