Uchrashuvda tomonlar ikki mamlakat parlamentlararo munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qildi. Ta'kidlanganidek, O‘zbekiston Turkiya Respublikasi bilan hamkorlikni yanada rivojlantirishga katta ahamiyat beradi. Parlamenlararo muloqotni chuqurlashtirish hamkorlikning muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Tomonlar Oliy Majlis Senati va Buyuk millat majlisi shafeligida O‘zbekiston va Turkiya hududlari forumlarini tashkil etish to‘g‘risida o‘zaro fikr almashdilar.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar yo‘lga qo‘yilgan parlamentlararo hamkorlikni hamda xalqaro parlament tuzilmalari doirasidagi o‘zaro aloqalarni yanada chuqurlashtirish bo‘yicha birgalikda amalga oshirilayotgan ishlarni davom ettirishga kelishib oldilar.










