Xulosa kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish hududiy inspeksiyalariga taqdim etiladi. Joriy yilda ma'lumotlarni 15 dekabrga qadar, 2019 yildan boshlab esa hisobot yilidan keyingi yilning 1 martiga qadar taqdim etish zarur.
Joriy yil oxirigacha qazib olingan noruda foydali qazilmalar hajmlari to‘g‘risidagi barcha ma'lumotlarni birlashtiruvchi yer qa'ridan foydalanuvchilarning elektron bazasi yaratiladi. Tizim DSQ ma'lumotlar bazasiga integratsiya qilinadi va 1.01.2019 yilga qadar unga barcha to‘plangan xulosalarni xatlash natijalari kiritiladi.
Xulosada taqdim etilgan ma'lumotlarning ishonchliligini nazorat qilish Inspektsiya va DSQ zimmasiga yuklatilgan. Ular haqiqatda qazib olingan foydali qazilmalar hajmini bir yilda 2 marotabadan oshmagan holda monitoring qiladilar.
Monitoring joylarga borgan holda, soliq to‘lovchi foydalanadigan obektlarda va hududlarda uning mansabdor shaxslari ishtirokida, ma'lumotnoma bilan rasmiylashtirish orqali amalga oshiriladi. DSQga soliqlarning to‘g‘ri hisoblanishi, o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishi yuzasidan qat'iy nazorat o‘rnatish vazifasi topshirildi.
Hujjat 12.09.2018 yildan kuchga kirdi.
Yer qa'ridan foydalanuvchilarning soliq to‘lashi ustidan nazorat kuchaytirildi
21:21 / 21.09.201811 4924 min
Vazirlar Mahkamasining 10.09.2018 yildagi 720-son qarori bilan tabiiy resurslardan samarali va oqilona foydalanishni ta'minlashning hamda davlat byudjyeti daromadlarini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari tasdiqlandi.











