Senatning bayonotida Daniel Rozenblyumning avvalgi faoliyati qayd etilgan. Ulardan eng muhimlari - Afg‘onistondagi tinchlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amaliyot, mintaqaviy xavfsizlikni himoya qilish, xalqaro muammolarga qarshi kurashishda faol ishtirok etish, O‘zbekistonda islohotlarni tezlashtirish bo‘yicha sa'y-harakatlardir. Shuningdek, Rozenblyum Qo‘shma Shtatlarning xususiy sektorini jalb etish va investitsiyalar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga ko‘maklashishda ham faol ishtirok etgan, deyiladi hujjatda.

2014 yildan boshlab Daniel Rozenblyum AQSh Davlat departamentining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha mas'ul kotibi vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, AQShning O‘zbekistondagi hozirgi elchisi Pamela Spratlen diplomatik faoliyatini 2015 yilda boshlagan.