"Biz 30 ming nafargacha qochoqni qabul qilmoqchimiz hamda AQSh hududidan boshpana so‘ragan 280 mingdan ortiq murojaatni qanoatlantirmoqchimiz", - dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Amerika hududida boshpana olish uchun 800 mingdan ortiq da'vogar ariza bergan.
2017 yil oktabrda AQSh prezidenti Donald Tramp 30 sentabr kuni yakuniga yetadigan 2018 moliyaviy yilda 45 mingdan ko‘p bo‘lmagan qochoqni qabul qilish to‘g‘risidagi farmonni imzolagandi. Shu tarzda qochoqlarni qabul qilish bo‘yicha kvota uchdan bir qismga kamaygandi.
USA Today gazetasining xabar berishicha, Donald Tramp prezidentligi davrida AQSh 29 mingdan ortiqroq qochoqni qabul qilgan bo‘lib, bu so‘nggi 15 yildagi eng past ko‘rsatkichdir. Kichik Jorj Bush va Barak Obama prezidentligi davrida qochoqlarni qabul qilish bo‘yicha kvota yiliga 70 mingdan 80 minggacha bo‘lgan.











