Yamaykalik sportchi yugurish bo‘yicha ikki nafar fazogir bilan bahslashdi hamda yakunda g‘alaba qozondi.

Bolt iyul oyi oxirida futbolchiga aylandi. Sportchi Avstraliya oliy divizionida to‘p suruvchi «Tsentral Kost Mariners» futbol klubi tarkibiga kelib qo‘shildi.

Bolt - yugurish bo‘yicha sakkiz karra olimpiya chempioni va 11 karra jahon chempioni sanaladi. Shuningdek, u 100 metr va 200 metrga yugurish bo‘yicha jahonning amaldagi rekordchisi hisoblanadi (mos ravishda - 9,58 va 19,19 soniya).