Kanadaning Toronto shahridagi aholi noroziligini ana shunday ko‘rsatdi. Ular ta'mirtalab yo‘lga pomidor ko‘chatlarini ekishdi.

Qandaydir sabab tufayli mahalliy hukumat yo‘lni tartibga keltira olmadi, aholining doimiy shikoyatiga esa ulardan javob bo‘lmadi.

Shaharliklardan biri ijodkor va botir bo‘lib chiqdi. Chuqurlikka pomidor ko‘chatini o‘tkazdi. O‘simlik meva tukkaniga nima deysiz? Yashil o‘simlik surati ijtimoiy tarmoq va messenjerlarda keng tarqaldi. Ular jurnalist va mahalliy televideniyening diqqatini o‘ziga jalb etdi. Biroz vaqt o‘tgach, syujyet hududiy televideniyeda efirga uzatildi.

Bugun yo‘l ta'mirlangan, albatta. Pomidor ko‘chati esa boshqa yerga o‘tkazildi.