
Bu haqda Samarqand viloyati IIB YHXB matbuot xizmati KUN.Uzga ma'lum qilmoqda.
Soat 16:00 dan boshlab transport vositalari harakati vaqtincha cheklanuvchi ko‘chalar quyidagilardir:

- Abudurahmon Jomiy ko‘chasining Amir Temur ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Universitet xiyobonigacha bo‘lgan qismigacha;
- Universitet xiyoboni ko‘chasining o‘ng tomoni Shohrux Mirzo ko‘chasidan Orzu Mahmudov ko‘chasi chorrahasigacha bo‘lgan qismigacha;
- Bobur Mirzo ko‘chasining Orzu Maxmudov ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Abdurahmon Jomiy ko‘chasi chorrahasigacha bo‘lgan qismigacha;
- Amir Temur ko‘chasining Shohrux Mirzo ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Abdurahmon Jomiy ko‘chasi chorrahasigacha bo‘lgan qismida;
- Shohrux Mirzo ko‘chasining Amir Temur ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Universitet xiyoboni ko‘chasi chorrahasigacha bo‘lgan qismida.










