24 avgust kuni tuman IIBga tushgan hujjatlar ko‘ra, shu yil mart oyi boshida Raximso‘fi mahallasida yashovchi N.X., fuqaro Sh.A.ni uyi oldidagi dala maydonidan suv nasosini, aprel oyida  fuqaro U.Q.ning uyi molxonasidan bir bosh qora molini, fuqaro G‘.N.ning qurilishi tugallanmagan uyini kirish darvozasini, 17 avgustga o‘tar kechasi esa O.O.ning uyi oldida joylashgan molxonasidan 27 bosh qo‘ylarini o‘g‘irlab ketganligi aniqlanib, ushlangan. 

Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlar olib borilmoqda.