Unga tayyorgarlik bilan yaqindan tanishgan O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari A.Abduhakimov tadbirni yoritishda faol ishtirok etgan ommaviy axborot vositasi, jurnalist va hattoki oddiy fuqarolar ham taqdirlanishi zarurligini alohida ta'kidlab o‘tdi.
 
Shu maqsadda Anjuman matbuot markazi tomonidan “Eng yaxshi selfi”, “Eng yaxshi reportaj”, “Eng yaxshi rolik”, “Eng yaxshi maqola” kabi nominatsiyalari joriy qilindi.