Ta'kidlanishicha, dollar kursi 69 kopeykaga oshdi va 68,72 rubllik ko‘rsatkichni tashkil etdi. Shu bilan birga, u 13 avgustda belgilangan va 68,66 rublni tashkil etgan bu yilgi maksimal darajasini yangiladi.

Savdolar boshlanishida rubl yevro va dollarga nisbatan kuchsizlanishda davom etdi.

AQShning yoki joriy qilingan yoki e'lon qilingan sanksiyalari rublga bosim o‘tkazmoqda. Rossiya hukumatining tan olishicha, yaqin 12 oy ichida Rossiya valyutasi zaiflashadi.