Amfiteatr uch qavatli bo‘lib, 1200 o‘ringa mo‘ljallangan. Amfiteatrning birinchi qavatida supermarketlar (zargarlik, hunarmandchilik buyumlari) va umumiy ovqatlanish majmuasi, ikkinchi qavatida banketlar o‘tkazishga mo‘ljallangan zal, uchinchi qavatida esa VIP-zal joylashgan.

Bundan tashqari, 100 o‘rinli kinozal, ichki va tashqi sayyohlar uchun hunarmandlar tomonidan tayyorlangan milliy mahsulotlar ko‘rgazmazi va savdolari tashkil etiladi.

Izoh: Amfiteatr (yunoncha amphitheatron – “atrofida” “teatr” , “ikki tomonlama tomosha”) – qadimiy Yunoniston va Rimda ommaviy tomoshalar, teatr spektakllari ko‘rsatiladigan mahobatli inshoot. Amfiteatr – o‘rtasidagi maydoni ellips shaklidagi katta bino; uning tomoshabinlar uchun mo‘ljallangan qator-qator o‘rindiqlari pastdan yuqoriga zina shaklida ko‘tarilib boradi. Amfiteatrda arklar, ustunlar va ular orasida gumbazli galereyalar bo‘lgan.