Avvalroq, Uest Jimmi Kimmelning shousida Tramp tanqidchilariga «muhabbatdan bahra olishni» maslahat bergandi.
«Haqiqatni aytishga tayyor bo‘lgani uchun Kane Uestga rahmat», - deya yozgan Tramp.
Shuningdek, Amerika prezidenti «yangi va ajoyib fakt»ga e'tibor qaratgan. Uning fikricha, AQShda hozirgi vaqtda qora tanli aholi orasida ishsizlik rekord darajada pastdir.
Trampning qo‘shimcha qilishicha, Uestning qo‘llab-quvvatlovi «juda ko‘p narsani o‘zgartiradi».
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Putinga maktub yuborgani ma'lum bo‘lgandi.











