Nizomga ko‘ra, Jamg‘arma mablag‘lari respublika byudjyetidan ajratiladigan transfertlar va boshqa manbalar hisobidan shakllantiriladi. 

Jamg‘arma mablag‘lari, jumladan quyidagilar uchun yo‘naltiriladi:

- ichimlik suvi va oqava suvi ta'minotini, issiqlik tarmoqlarini yaxshilash, maishiy chiqindilarni to‘plash va chiqarish infratuzilmasini yaratish;
- mahalla ichki yo‘llarini va piyodalar yo‘laklarini qurish hamda ta'mirlash, tashqi yoritish tizimlarini barpo etish;
- ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj oilalarga ularning uy-joylarini ta'mirlashda moddiy va moliyaviy yordam ko‘rsatish hamda aholini qurilish materiallari bilan imtiyozli tarzda ta'minlash;
- “Obod mahalla” dasturi doirasida boshqa tadbirlarni moliyalashtirish.