Guvohlarning ijtimoiy tarmoqlarda xabar qilishicha, 15-20 marotaba o‘q tovushlarini eshitishgan.
Ta'kidlanishicha, kamida sakkiz kishi shifoxonaga olib ketildi. Jabrlanuvchilarning aniq soni hozircha noma'lum.
Voqea joyida politsiya, o‘t o‘chiruvchilar va tibbiyot xodimlari ishlamoqda. Hodisa tafsilotlari va hujum qilgan shaxs haqidagi ma'lumotlar hozircha yo‘q.











