Uning aytishicha, 23 kishi rasman bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda, yana 43 kishining qayerdaligi noma'lum. “Bundan tashqari, yana 52 ta shunga o‘xshash xabar bor, biroq gap qancha odam haqida ketayotgani borasida ma'lumotlar yo‘q”, deb aytgan Suga.

Suganing ta'kidlashicha, voqea joyida mudofaa, politsiya va o‘t o‘chirish xizmatining 73 ming xodimi ish olib bormoqda, qidiruv-qutqaruv ishlariga 80 ta vertolyot jalb qilingan.

NHK telekompaniyasining ma'lum qilishicha, hozirda toshqinlardan jabr ko‘rgan 16 prefekturada 5600 kishi evakuatsiya punktlarida qolmoqda. 239 ming uy xo‘jaligi suvsiz qolmoqda, ulardan 200 mingi Xirosima prefekturasida joylashgan.

O‘tgan hafta oxirida Yaponiyaning janubi-g‘arbiy va markaziy qismida boshlangan kuchli yomg‘irlar ko‘chki va toshqinlarga olib keldi. Ba'zi joylarda qirg‘oqlaridan toshgan daryolar katta hududlarni suv ostida qoldirgan.