Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, giperkar 100 dona miqdorda ishlab chiqariladi, biroq avtomobilga buyurtma berilishining ilk kunlariyoq barcha mashinalar taqsimlab bo‘lingan. Kelgusida mashinani yanada qimmatroq narxda sotib olish imkoni bo‘ladi.

Ta'kidlanishicha, yangi Bugatti Divo tezlashish nuqtai nazaridan fransuz markasining eng tezkor mashinasi bo‘ladi. Mashina 100 km/soat tezlikka 2,5 soniyada erisha oladi, maksimal tezligi esa, aksincha, 420 km/soatdan 385 km/soatgacha kamytirilgan. Mashina haqidagi batafsil ma'lumot Pebbl-Bichdagi tadbirdan keyin paydo bo‘ladi.