«Ronaldo - tarixdagi eng iste'dodli futbolchi. Agarda jarohatlari bo‘lmaganida, u eng buyuk o‘yinchiga aylangan bo‘lardi. Men bunga zarracha ham shubha qilmayman», - deya jahon chempionining so‘zlarini keltiradi Seleção Brasileira.
Braziliyalik forvard professional darajada 1993-2011 yillarda to‘p surgan. U Braziliya terma jamoasi safida ikki karra jahon chempioniga aylangan, shuningdek, ikki marta «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan.











