«Aksariyat hokimiyat mulki va davlat xizmatlarini xususiy sektorga autsorsing asosida topshiramiz yoki sotamiz. Masalan, hokimiyat qurilish ishlari, yo‘l va infratuzilma qurilishi, avtoturargohlarni boshqarish, chiqindilarni qayta ishlash, bozorlar, bolalar bog‘chalari va poliklinikalar va hokazo. 

Shu bugundan tadbirkorlarga aytishim mumkinki, bozorlarni birgalashib yuritish imkoniyati bor. Biz katta-katta bozorlarni shahar tashqarisiga olib chiqishni rejalashtirganmiz. 

Sizlarga yaxshi biznes taklif etaman: avtomobil bozorini Chinozga ko‘chirish masalasida. Agar bu ishga pul tikib, sarflab ko‘chirmoqchi bo‘lsa, bizning e'tirozimiz yo‘q», – deydi u. 

Shuningdek, Jahongir Ortiqxo‘jayev barcha ulgurji bozorlar, jumladan «O‘rikzor», «Bekto‘pi» bozorlari ham shahardan tashqari hududlarga ko‘chirilishi mumkinligini bildirdi.