Voqea joyidagi kuzatuv kameralari siyosatchi selfiga tushayotganda uning ortidan soqolli va boshida kepkasi bo‘lgan erkak kelib, boshining orqa qismiga o‘q uzganini qayd qilgan. 43 yoshli Puron shifoxonaga yo‘lda jon bergan.

Puron mamlakatda o‘ldirib ketilgan 112-siyosatchi bo‘ldi. Qotillik sabablari hozircha noma'lum bo‘lsa-da, siyosatchi 2014 yildan 2017 yilgacha tahdidlar olib kelgan. U shu davr davomida Pedras-Negras shahri meri bo‘lgan va mahalliy narkokartelga qarshi chiqqan.